Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada bir sutkada 51 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi aholining faol vaksinatsiya qilinishi fonida kuzatilmoqda. Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakat katta yoshli aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
Buyuk Britaniyada sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha antirekord qayd etildi – yarim yil ichida ilk marta bir sutkada 50 mingdan ortiq kasallik yuqtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda oxirgi 24 soat ichida 51 870ta holat aniqlangan. Taqqoslash uchun: bir kun avval bu ko‘rsatkich 48 553ta, bir hafta avval 42 mingdan ortiqroq va ikki hafta avval 35,2 mingtani tashkil etgandi.
Sky News telekanalining qayd etishicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi aholining faol vaksinatsiya qilinishi fonida kuzatilmoqda. Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakat katta yoshli aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.
Pandemiya boshlanganidan buyon Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 5,3 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 128,6 mingdan ziyod bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026