Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda Afg‘oniston elchisining qizi o‘g‘irlab ketilib qiynoqqa solindi
Silsila Alihayl uyiga ketayotganida olib qochilgan va bir necha soat davomida qiynoqqa solingan.
Pokistonda noma'lum shaxslar Afg‘oniston elchisining qizini o‘g‘irlab ketdi va qattiq qiynoqqa soldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Silsila Alihayl uyiga ketayotganida olib qochilgan va bir necha soat davomida qiynoqqa solingan.
"Asirlikdan ozod qilinganidan so‘ng Alihayl xonim shifoxonada davolanmoqda", – deyiladi xabarda.
Pokiston tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqlagan.
Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi Pokiston hukumatini elchixona xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqirgan.
Shuningdek, qizni o‘g‘irlab ketganlar zudlik bilan topilishi va javobgarlikka tortilishini so‘ragan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026