Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 1,5 mln gektardan ortiq o‘rmon yonayotgani xabar qilindi
Yoqutistondagi yong‘inlar hatto kosmosdan ham ko‘rinmoqda.
Rossiyaning Yoqutiston Respublikasida 1,5 mln gektardan ortiq o‘rmon yonmoqda. Bu haqda Baza Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, o‘rmon yong‘inlari hatto kosmosdan ham ko‘rinmoqda.
Yong‘in daryoni kesib o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.
«Respublika hududida 200dan ziyod yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan. Yong‘inlarni o‘chirishga 2000dan ortiq kishi jalb etilgan, ammo yong‘in to‘xtashni o‘ylamayapti. Yong‘in tabiiy suv to‘sig‘i Vilyuy daryosi bo‘lishiga qaramasdan Svetlinsk gidroelektrostansiyasiga xavf solmoqda», — deyiladi respublika ekologiya qo‘mitasi xabarida.