O‘zbekiston | 09:00 / 19.07.2021
24221
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi «Lokomotiv» istirohat bog‘i yana trenddami?

Bir paytlar «Zafar Diyor» nomi bilan mashhur bo‘lgan daraxtlarga boy so‘lim bog‘ hozirgi kunda «Lokomotiv» istirohat bog‘iga aylantirilgani poytaxt aholisiga yaxshi ma'lum. Temur Malik ko‘chasi, halqa yo‘lida joylashgan bu park 2014-yil endi ochilgan chog‘ida Toshkentdagi eng zamonaviy istirohat bog‘laridan biri hisoblanardi, xo‘sh hozir vaziyat qanday? Kun.uz yoshlikni eslab, «Lokomotiv» bog‘iga sayohat qildi.

«Bizning park boshqa parklardan birinchi navbatda serdaraxtligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari bog‘ hududida 1,5 km masofaga “mikroklimat” tortilgan, ya'ni kunduz kuni jazirama issiqda kelsangiz ham bu park juda salqin bo‘lib turadi», – deydi bog‘ direktor o‘rinbosari Firdavs Fayziyev.

Unga ko‘ra, bog‘dagi 4 ta atraksion Toshkentda faqat «Lokomotiv» parkida bor.

Bundan tashqari, «Lokomotiv» hududida yana bir serdaraxt park bor – bu «Sharq bog‘i». Bog‘ menejyeri Shohista Nuriddinovaning so‘zlariga ko‘ra, bog‘ kelin-kuyovlar fotosessiyasi, to‘ylar, tug‘ilgan kunlar, banketlar, pikniklar va umuman ochiq havoda o‘tkaziladigan barcha turdagi tadbirlar uchun ajoyib joy hisoblanadi.

«Lokomotiv» bog‘i haqidagi ko‘rsatuvimizni yuqoridagi video yoki Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida albatta tomosha qiling, chunki ko‘rsatuv so‘ngida sizlarga ajoyib sovg‘a tayyorlab qo‘yganmiz.

«Lokomotiv» istirohat bog‘i ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram

Instagram

Tik Tok

Reklama huquqi asosida