To‘ylar bo‘yicha 50 kishilik cheklov kuchga kirdi
To‘yxona va restoranlarda oilaviy tadbirlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, u holda ishtirokchilar soni 50 kishidan oshmasligi kerak. Bu talab avval belgilanganidek 1 avgustdan emas, 20 iyuldan kuchga kiradigan bo‘ldi.

20 iyuldan kafe va restoranlar uchun karantin kuchaytirilishi barobarida, xuddi shu sanadan to‘yxonalar faoliyatiga ham yangi cheklov joriy etilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 20 iyuldan agar to‘yxonalar (restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan mehmonlar ishtirokidagina o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Bunda sanitariya va gigiyena talablariga qat'iy rioya etish talab etiladi. Ruxsat etilgan 50 kishi – yaqin qarindoshlar va shu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlardan iborat bo‘lishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiyaning avvalgi qaroriga ko‘ra, to‘y va boshqa marosimlar uchun 50 kishigacha bo‘lgan cheklov 1 avgustdan kuchga kirishi belgilangan edi.
Koronavirus tarqalishi tezlashayotgani tufayli, shuningdek:
— 20 iyuldagi Qurbon hayiti namozi bekor qilinib, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi;
— juma namozlari vaqtincha to‘xtatildi;
— litseylarga qabul imtihonlari sentyabrga qoldirildi;
— 28 iyundan boshlab umumiy ovqatlanish obektlari soat 08:00dan 20:00gacha, 20 iyuldan boshlab esa shu vaqt oralig‘ida faqat ochiq maydonlarda ishlashi mumkinligi belgilandi; taom yetkazib berish xizmatlarining ish vaqti 8:00dan 23:00gacha etib cheklandi;
— 14 xil toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart deb e'lon qilindi;
— 6 iyuldan boshlab mamlakatda ommaviy tadbirlar, xususan konsert, teatr va kino tomoshalari to‘xtatilgan, sport musobaqalari muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin;
— 23 iyundan boshlab, avtobus haydovchilari va metro kuzatuvchilari niqobsiz shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmasligi kerak.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 19:12
-
Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi
Jahon | 19:10
-
MDH davlatlarida mashhur bloger EVOS brendi faoliyati haqida ko‘rsatuv tayyorladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyada geroindan 5 ming barobar kuchliroq bo‘lgan yangi Xitoy giyohvand vositasi tarqaldi
Jahon | 18:48
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

10:13 / 05.08.2023
Urgutdagi to‘yda 42 kishi zaharlandi

15:43 / 21.01.2023
«Topganimiz to‘yga buyursin” - tokaygacha to‘ylar uchun yashaymiz?

21:20 / 10.01.2023