Jahon | 21:19 / 22.07.2021
4533
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada toshqinlardan ko‘rilgan zarar 10 milliard yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda

Dastlabki baholashlarga ko‘ra, Belgiyada 14–16 iyul kunlari yuz bergan toshqinlar 10 mlrd yevrodan ko‘proq zarar yetkazgan. Biroq yakuniy summa hali ma'lum qilinmagan.

Foto: EPA

“Valloniya hukumati (Belgiya regionlaridan biri) tomonidan toshqindan ko‘rilgan zarar 10 mlrd yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda”, deb ma'lum qilingan xabarda.

19 iyulda Valloniya hukumati regiondagi tiklash ishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2 mlrd yevrolik reja tuzilishini e'lon qilgan. Ushbu maqsadlar uchun regionni pandemiyadan keyin tiklashga qaratilgan mablag‘lardan 800 mln yevro ajratiladi. Shuningdek, mahalliy hukumat Yevropa ittifoqidan qo‘shimcha yordam olishga umid qilmoqda.

Le Soir nashrining xabar berishicha, jabrlanuvchilarga to‘lanadigan sug‘urta pullari summasi 350 mln yevrodan oshmoqda.

Belgiyada toshqinlar vaqtida halok bo‘lganlar soni 32 nafarni tashkil qilmoqda. Yana 18 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Shuningdek, 10 mingdan ko‘proq uyga zarar yetgan, 1,5 mingga yaqin uy suv, 10,5 ming uy elektr va gaz ta'minotisiz qolgan.

Mavzuga oid