Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya grandlari qiziqishi haqidagi xabarlar ortidan «Jyenoa» bosh murabbiyi Shomurodovni sotishni taqiqladi
«Jyenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transfer oynasida Genuya jamoasini tark etmoqchi emas.
Genuyaliklar klubi bosh murabbiyi Davide Ballardini ushbu yozgi transfer oynasida o‘zbekistonlik 26 yoshli forvardning boshqa jamoaga sotilishiga qarshi chiqqan. «Match TV» xabariga ko‘ra, jamoa rahbariyati Shomurodov bilan hujumda tandem hosil qiladigan yangi hujumchini izlamoqda.
Qayd etilishicha, Eldorning o‘zi ham murabbiyning qaroriga qo‘shilgan va yangi mavsumni ham «Jyenoa» safida o‘tkazmoqchi. Futbolchi yaqinda oilasini O‘zbekistondan Genuyaga ko‘chirib olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, «Jyenoa» safida Avstriyada mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Shomurodov klubining so‘nggi ikki o‘rtoqlik bahsida ketma-ket 2ta golga mualliflik qildi.
26 yoshli hujumchi A Seriya yakunlangan mavsumida 31 uchrashuvda 8ta gol va 1ta assistga mualliflik qilgan.
Uning klub bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar tuzilgan, transfer qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.
2021 yil davomida OAVda o‘zbekistonlik forvardga A Seriyaning qator klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan:
— Iyulda Calciomercato «Roma» tomonidan qiziqish haqida yozdi. Nashr manbasiga ko‘ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino Shomurodovning xizmatlariga shaxsan qiziqish bildirgan. «Match TV» ham rimliklar klubi rahbariyati tomonidan Shomurodov varianti ma'qullangani haqida xabar bergan;
— Bugungi kunga qadar «Yuventus»ning ushbu futbolchiga qiziqishi saqlanib qolmoqda, bu haqda ilk bor yanvar oyida Tuttosport xabar tarqatgandi;
— Shomurodovga yana bir da'vogar esa Milanning «Inter» klubi. «Match TV» ma'lumotiga ko‘ra, jamoa boshqaruviga kelgan Simone Indzagi Romelu Lukakuga o‘rinbosar sifatida aynan ushbu hujumchini ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
13:44 / 17.06.2026
Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi ehtiyotkorlik bilan o‘ynaymiz – Kannavaro
01:18 / 18.05.2026
Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi
00:56 / 25.04.2026
Shomurodov dubl qayd etgan o‘yinda “Boshoqshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi
18:27 / 22.04.2026