Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyadan yuborilgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi Toshkentga yetib keldi
30 iyun kuni Ispaniyaning Bilbao shahridan yuborilgan 2ta lokomotiv va 11ta vagon, shuningdek, yana alohida 4ta vagon Toshkentga yetib keldi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar berishicha, Ispaniyaning «Talgo» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi Bilbao shahridan maxsus yuk kemasida yuborilgan.
Poyezdlar 4000 km masofani bosib o‘tib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetkazilgach, u yerda harakat tarkibining barcha vagon va lokomotivlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilgan va 20 iyul kuni temir yo‘l orqali O‘zbekistonga jo‘natilgan.
Yangi poyezd va vagonlar 24 iyul kuni kechki payt Toshkentga yetib keldi.
Bunga qadar O‘zbekistonga «Talgo» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan tezyurar poyezdlardan to‘rtta olib kelingan bo‘lsa, bugungi tarkib beshinchisi bo‘ldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ joriy yil yakuniga qadar yana bitta shu turdagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd keltirilishini ma'lum qilmoqda.
Mavzuga oid
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
19:37 / 25.01.2026
Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi texnik nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi
16:08 / 16.01.2026