1 yanvardan ID-karta va “qizil pasport”ni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olish mumkin bo‘ladi

Kelgusi yilning boshidan o‘zbekistonliklar ID-karta va xorijga chiqish pasportini tuman (shahar) IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari bilan bir qatorda Davlat xizmatlari markazlari orqali ham olishlari mumkin. Ushbu yangilik Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 iyul kuni imzolangan “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda aks etgan.
Hujjatda qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ID-kartasi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni, shu jumladan, Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu taklif Adliya, Moliya, AKT va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari tomonidan ilgari surilgan.
Bundan tashqari, 2021 yil 1 dekabrdan boshlab:
– chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi;
– O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi;
– litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valutada belgilangan to‘lovlar BHMning 10 foizigacha miqdorda belgilanadi (qonunchilik hujjatlarida to‘lovlar belgilanmagan yoki BHMning 10 foizidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno). Bunda, QR-kod qo‘yilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun to‘lov undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xiaomi Redmi A5’ni taqdim etdi: kuchli kameralar va yuqori samaradorlik yangi dizaynda
O‘zbekiston | 15:00
-
«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – prezident global iqtisodiy holat haqida
O‘zbekiston | 14:44
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
Mavzuga oid

09:09 / 21.03.2022
DXM katta mutaxassisi 6 ming dollar bilan ushlandi

14:31 / 06.07.2021
DXA eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari amal qilishiga 6 oydan kamroq vaqt qolgani haqida ogohlantirdi

19:18 / 17.07.2020
Karantin paytida haydovchilik guvohnomalari qanday almashtirilishi bo‘yicha izoh berildi

11:54 / 02.09.2019