Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
46 nafar afg‘on harbiysi Pokistondan boshpana so‘radi
Pokiston Afg‘oniston armiyasining 46 nafar harbiysiga o‘z hududiga xavfsiz o‘tishni taqdim etdi.
Pajhwok axborot agentligining xabar berishicha, afg‘on armiyasi qo‘mondoni Pokiston armiyasiga 46 harbiyga, jumladan 5 zobitga Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi postlarini toliblar hujumlari oqibatida saqlab qololmaganlari sababli boshpana taqdim etishni so‘rab murojaat qilgan.
Afg‘on harbiylari 25 iyul kechki payt Pokistonning Chitral okrugiga kelishgan. Tegishli tartibotlardan keyin ularga Pokistonga xavfsiz o‘tish taqdim etilgan. Afg‘on harbiylari yegulik, boshpana va zarur tibbiy yordam bilan ta'minlangan.
Ta'kidlanishicha, afg‘on harbiylari “tegishli huquqiy tartibotdan keyin” vatanlariga qaytariladi.
Xabarda aytilishicha, 1 iyulda ham 35 afg‘on askari Pokiston armiyasidan boshpana so‘ragan. Ularga Pokistonga o‘tishga ruxsat berilgan va tegishli tartibotdan keyin ular Afg‘oniston hukumatiga topshirilgan.
Mavzuga oid
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026