Irrigatsiya instituti rektori O‘ktam Umrzoqov vafot etdi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori Umrzoqov O‘ktam Pardayevich bugun, 26 iyul kuni vafot etdi.

Kun.uz manbalariga ko‘ra, 69 yoshli professor Moskvada koronavirusdan davolanayotgan edi.
Iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Umrzoqov Respublika oliy ta'lim kengashi raisi ham edi.
Kun.uz olimning yaqinlariga, xususan farzandi, bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovga ta'ziya bildiradi.
Marhumning janozasi ertaga, 27 iyul kuni Toshkentda o‘qiladi.
Ma'lumot uchun, O‘ktam Umrzoqov 1952 yil 20 avgustda tug‘ilgan. 1974 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, shundan keyin deyarli butun mehnat faoliyatini ushbu oliygohga bag‘ishlagan. Institutda o‘qituvchi, kichik ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, fakultet dekani va prorektor lavozimlarida ishlagan; 2017 yildan institut rektori, 2019 yildan Respublika oliy ta'lim kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ritorikasi o‘zgargan Tramp, Putindan ruxsat ololmagan Qodirov – hafta dayjesti
Jahon | 18:19
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
Mavzuga oid

15:06 / 04.12.2021
Maqsad 10 mlrd dollar: O‘zbekiston-Qozog‘iston ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

10:04 / 03.12.2021
Umrzoqov Koreya bosh vaziri o‘rinbosari bilan Shavkat Mirziyoyevning Seulga bo‘lajak tashrifini muhokama qildi

08:00 / 24.11.2021
O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi

10:05 / 29.10.2021