Fermerlarning bo‘shagan yerlarini aholi ijaraga olishi mumkin. SSP bunga qarshi
Vazirlar Mahkamasining agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi g‘alladan (paxtadan) bo‘shagan yer maydonlarini aholiga berish nazarda tutilgan qaror loyihasi e’lon qilindi. Unda yerni “daftarlar”ga kiritilganlar va ishsizlarga 10 yilga ijaraga berish ko‘zda tutilgan. Savdo-sanoat palatasi loyihaga qarshi pozitsiya bildirdi.

Vazirlar Mahkamasining “Agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi g‘alladan (paxtadan) bo‘shagan yer maydonlarini aholiga ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori loyihasi e’lon qilindi.
Savdo-sanoat palatasi loyiha yuzasidan jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazdi va loyihaga qarshi pozitsiya bildirdi.
Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi g‘alladan (paxtadan) bo‘shagan yer maydonlarini aholiga berish tartibi belgilangan;
- yerni ijaraga olishi mumkin bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatiga “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilganlar, ishsizlar, tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanayotgan va qo‘shimcha yer maydoni ajratilishini so‘rab murojaat qilgan mehnatga layoqatli fuqarolar kiritilgan;
- talabgorga ajratib berilgan maydonlar hisobidan g‘alla (paxta) hosilini yetishtirishning ko‘zlangan hajmlari kamaytirilmaydi;
- yer uchastkalari 10 yil muddatga ijaraga beriladi.
Loyiha yuzasidan jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazgan SSP loyiha Yer kodeksi moddalariga zidligini bildirdi. Xususan, xulosaga ko‘ra:
Birinchidan, Yer kodeksiga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonunchilikda belgilangan tartibda ikkilamchi ijaraga berish yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari hisoblanadi;
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin. Loyihada esa, bu muddat 10 yil qilib belgilangan;
Uchinchidan, kelishuv tomonlarning roziligi bilan amalga oshirilishi lozim, ijaraga berish shartlari va muddatlari ham tomonlar roziligi hamda shartnoma shartlari bilan mustahkamlanishi kerak;
To‘rtinchidan, loyiha ilovasi 5-bobida agrosanoat klasterlari va hududdagi eksportyor korxonalar rahbarlariga ortiqcha bo‘lgan majburiyatlarni yuklash belgilangan.
Shulardan kelib chiqib, SSP loyihani bu tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlagan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
Mavzuga oid

11:19 / 02.04.2025
Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi

15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

09:30 / 18.03.2025
Yuqori reytingdagi fermerlarga yer solig‘i 3 barobar kamaytirilishi mumkin

20:37 / 25.02.2025