Denovda profilaktika inspektorining yordamchilari kaltaklagan fuqaro vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, qiynab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan axborot berdi.
Aniqlanishicha, shu yilning 10 iyulida Denov tumani Oqtom mahallasida yashovchi fuqaro Yunus Xushmatov tuman IIBga murojaat qilib, akasi Hasan Xushmatov mast holda yashash uyida janjal qilib, tinchini buzayotganidan shikoyat qilgan.
Shunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi H.Xushmatovning xonadoniga kelishgan va uni avtomashinaga o‘tkazib, tuman IIBga olib ketishgan.
Yo‘lda profilaktika inspektorining yordamchilari H.Xushmatovni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xushmatov 11 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 104- va 206-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ikki nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergovni Surxondaryo viloyat prokuraturasi olib boryapti.
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov voqeaning yana ayrim tafsilotlarini ochiqladi.
“Tuman IIB profilaktika inspektori S.Pardayev H.Xushmatovning yashash xonadoniga yordamchilari X.Sheraliyev va T.Farmonovlar bilan borib, H.Xushmatovni tuman IIBga o‘z boshqaruvida bo‘lgan “LADA X-RAY” rusumli avtomashinasida olib kelayotganda mast holat bo‘lgan H.Xushmatov faol qarshilik ko‘rsatgan. H.Xushmatovni tinchlantirish maqsadida profilaktika inspektori yordamchilari X.Sheraliyev va T.Farmonov o‘z vakolatlari doirasidan chiqib bir necha marta urib, tan jarohati yetkazgan.
Tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan H.Xushmatov 2021 yilning 11 iyul kuni soat 10:00 larda Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan”, – deyiladi Senat axborotida.
Aniqlik kiritilishicha, X.Sheraliyev va T.Farmonov JIB Denov tuman sudining 12 iyuldagi ajrimi bilan qamoqqa olingan.
- O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga kuch ishlatilishi oqibatida o‘lim holatlari ro‘y berishi yaqin o‘tmishda ham bir necha marta kuzatilgan. 2020 yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi A.Yu. mol o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib tuman IIO FMBga olib boriladi va o‘sha yerda xodimlar tomonidan qiynab o‘ldirilgandi. Bu hodisa yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov «IIB binosida odam o‘lishi yangilik emas»ligini aytgandi.
- Bundan tashqari, 2020 yil 30 may kuni Andijon shahrida yashovchi fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani ortidan og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan va 11 iyun kuni vafot tgandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
-
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:50
-
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi
Fan-texnika | 18:24
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

19:36 / 14.03.2025
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida

18:31 / 11.03.2025