Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan birga, Markaziy bank foiz koridori ±2 foiz bandga kengaytirildi hamda pul-kredit instrumentlari to‘plamiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur qarorlar yuzasidan bugun soat 15:00 da boshlanadigan matbuot anjumanida sharh berilishi ma'lum qilingan.
Regulyatorning asosiy stavkasi so‘nggi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgargan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.
Bir necha kun oldin Markaziy bank YaIM o‘sishi prognozlarini yaxshilagandi. Unga ko‘ra, YaIM o‘sishi yil oxirida 5,8-6,8% atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, boshqa makroko‘rsatkichlar – iste'mol, investitsiyalar, eksport va import hajmlari ham yuqoriroq sur'atlarda o‘sib borishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 25.12.2025
Markaziy bank moliya tashkilotlarida oldindan ogohlantirmasdan tekshiruv o‘tkazadi
18:43 / 23.12.2025
Tadbirkorlarga ishlab chiqarish quvvatini oshirishga nimalar to‘sqinlik qilyapti?
20:36 / 19.12.2025
Markaziy bank 4 ta bankni jarimaga tortdi
16:19 / 13.12.2025