O‘zbekiston | 08:05 / 02.08.2021
2871
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 36-38 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid