Bir neça yildan buyon Şveytsariyada istiqomat qilaman. Aniqroği, bu yerda Şveytsariyaning nufuzli ETH Zürich Federal texnologiya instituti biotexnologiya yönalişi magistratura bosqiçida öqiyman. Uşbu maqola orqali Şveytsariya mamlakatining öziga xosliklari haqida ma'lumot bermoqçiman.

Uydan, ösib ulğaygan muhitidan uzoqlaşgan köplab insonlar, ayniqsa, çet elga uzoqroq muddatga çiqqanlar “sulture shock”, ya'ni madaniyat şokiga uçraydi.

Madaniyat şoki özi aslida nima? Bu tafakkur, urf-odat, yaşaş tarzi va şaxslararo özaro munosabatlardagi çuqur madaniy tafovutlardan kelib çiqadigan holat. U köpinça yangi muhit va madaniyatga moslaşiş jarayonidagi içki kuraş. Bu jarayonni osonlaştirişning asosiy yöli, albatta, boradigan manzil, millat va davlatni öziga xos bölgan jihatlarini oldindan örganib çiqiş.

Bugun eng köp şokolad iste'mol qiladigan davlat - Şveytsariyaning, öziga xos yaşaş tarzi, infrastrukturasi va bizga noodatiy bölgan oddiy hayot, maişiy tajribalarini rasmlar orqali körsatib çiqaman. Bu Şveytsariyaga qiziqadigan va kelajakda öqiş yoki işlaş uçun kelmoqçi bölgan hamyurtlarimizga foydali böladi degan umiddaman.

Şveytsariya Markaziy Yevropada joylaşgan bölib 4 ta rasmiy davlat tiliga ega: nemis, fransuz, italyan va retoromança tillar. Eng ommabop til nemis tili, lekin u Şveytsariyaga xos şevada gapiriladi. Şuning uçun germaniyaliklar şveysarça lahjada nemis tilida gapirgan insonlarni köpinça tuşunişmaydi. Men öqiydigan şahar ham nemisça gapiradigan hududga kiradi. Fotolavha ham nemis tilida gapiradigan hududga oid. Har bir tilga oid bölgan hududning öziga hos jihatlari bor, bu hududlarda urf-odatlar, yaşaş tarzi ham odamlarni temperamenti ham har xil.

Şveytsariyaga kelganingizda birinçi bölib jamoat transporti qançalar rivojlanganini körasiz. Bu yerda turli xil transport vositalari bir yölda birga yuradi: ham avtomaşina, ham avtobus, ham tramvay, ham mototsikl, ham velosiped, ba'zi şaharlarda trolleybus ham bor. Qaysi transport vositasi köproq «hurmatga» egaligi yöl qoidalarida belgilangan. Tramvay va velosipedlarni doim birinçi ötkazib yuboriş kerak. Köplab köçalarda svetofor örnatilmagan, hammasi yöl zebrasi orqali boşqariladi, haydovçilar bir-birini juda hurmat qiladi.      

Şuningdek, Şveytsariyada fuqarolarga bölgan işonç juda kuçli. Buni fuqaro va davlat örtasidagi köplab masalalarda körsa böladi. Masalan, davlat idoralarida yoki şifoxonalarda tölov doim ham xizmat körsatilgan vaqtning özida olinmaydi. Aksinça, hisob-fakturasi insonni yaşaş manziliga poçta orqali yuboriladi. Va uni tölaş uçun sizga 30 kun muhlat beriladi, tölovni onlayn yoki poçta idoralarida amalga oşiriş mumkin.