Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 35-40 daraja issiqni, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba'zi joylarda 42 daraja issiqni tashkil etadi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarimda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.