Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Juzjon viloyati toliblar nazoratiga o‘tdi
Hukumat kuchlari viloyat markazi Shibirg‘on shahridan 15 kilometr masofaga chekingan.
Afg‘oniston shimolidagi Juzjon viloyati to‘laligicha «Tolibon» harakati nazoratiga o‘tdi. Bu haqda Juzjon gubernatori o‘rinbosari Abdul Qodir Maliyga tayanib Pajhwok Afghan News agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat kuchlari viloyat markazi Shibirg‘on shahridan 15 kilometr masofaga chekingan.
Bundan tashqari, agentlik manbasining xabar qilishicha, Juzjon qamoqxonasi boshlig‘i polkovnik Munavvar Umariy o‘ldirilgan.
Avvalroq toliblar Shibirg‘on shahri ustidan nazorat o‘rnatgani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026