Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio-2020. Braziliya 108-daqiqadagi gol evaziga Ispaniyani mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Olimpiada chempioniga aylandi
Tokio-2020 Olimpiadasi futbol turnirida final bahsi yakuniga yetdi. Unda Braziliya va Ispaniya oltin medallar uchun saf tortdi.
Qiziqarli kechgan finalning birinchi bo‘limida Risharlison hisobni ochishi mumkin edi, ammo uning 11 metrlik jarima zarbasidan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi. Bo‘lim yakunida Kunya hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda esa Oyarsabal farqni tenglashtirgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha bo‘limlarning 108-daqiqasida Malkom g‘alaba golini kiritib, Braziliyaga navbatdagi oltin medallarni taqdim etdi – 2:1.
Ushbu mamlakat vakillari o‘z vatanlarida o‘tgan Rio-2016 Olimpiadasida ham futbolda tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishgandi.
Olimpiada-2020. Tokio, Yaponiya
Futbol. Final
Braziliya U-23 – Ispaniya U-23 2:1
Gollar: 1:0 – 45 Mateus Kunya, 1:1 – 61 Oyarsabal, 2:1 – 108 Malkom.
Braziliya U-23 – Santos, Arana, Nino, Diyego Karlos, Dani Alves, Bruno Gimaraes, Duglas Luis, Antoni (Gabriel Menino, 112), Mateus Kunya (Malkom, 90), Risharlison (Paulino, 114), Klaudino (Reyner, 105).
Ispaniya U-23 – Unai Simon, Pau Torres, Erik Garsiya, Xil (Valexo, 90), Pedri, Merino (Soler, 46), Oyarsabal (Rafa Mir, 104), Olmo, Asensio (Xil, 46), Subimendi (Monkayola, 112), Kukurelya (Miranda, 90).
Noaniq penalti: Risharlison, 30.
Mavzuga oid
22:18 / 19.05.2026
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga chiqolmadi
23:46 / 16.05.2026
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogi yarimfinaliga chiqdi
22:57 / 13.05.2026
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi
21:07 / 13.05.2026