Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shu yoshga kirib hech qachon bunaqa adolatsiz hakamlarni ko‘rmaganman». Abdulla Aripov Tokio-2020dagi nohaqliklar haqida gapirdi
Tokiodan qaytgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olingach, sovrindor olimpiyachilarni Yaponiyadagi muvaffaqiyat bilan tabriklagan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘z nutqida Olimpiadadagi nohaqliklar haqida gapirdi.

«Bu yerda hayajonlanib, ikkilanib turgandim, lekin bu haqda aytmasam bo‘lmaydi. Shu yoshga kirib hech qachon bunaqangi adolatsiz hakamlikni ko‘rmagandim. Ming afsuski, Miraziz Mirzaxalilov, Tursunoy Rahimova yutgan joyida ring atrofidagilar nomardlarcha g‘alabani boshqa raqibiga bervorishdi. Bunday qilish uchun qanaqa odam bo‘lishi mumkin, hayronman. Bunday hakamlar bu ishlari bilan xalqimizni g‘azabiga duchor bo‘lishdi. Shunga qaramay, sportchilarimiz nomardlarcha bo‘lgan hakamlikka ham bardosh berib, o‘zini bor irodasini bir mushtga yig‘ib, zo‘r g‘alabalarga erishib qaytib kelishdi. Rahmat sizlarga!
Nokas hakamlarni niyati shu ediki, Rio-2016da o‘zini ko‘rsatgan bokschilarimizni shunday hakamlikdan keyin irodasi sinadi deb o‘ylagan edi. Maqsadlari ham o‘zi shunday edi. Lekin Ulug‘bek Rashidov, Akbar Jo‘rayev va oxirgi kunda Bahodir Jalolov 2019 yil Mustaqillik kunida prezidentimizga bergan va'dasini bajardi. Miraziz ham, Tursunoy va boshqa sportchilarimiz ham xafa bo‘lishi kerak emas. Hali oldimizda Parij-2024da o‘zimizni ko‘rsatishga, g‘ururlaringni namoyish etishga imkon bor», - dedi Abdulla Aripov.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, g‘olib sportchilar va ularning onalari, Ozodbek Nazarbekov, Yodgor Sa'diyev va Yulduz Usmonova singari san'atkorlar Olimpiada chempionlarini qutlashdi.
Marosimning aeroportdagi qismi yakunlanib, g‘oliblarni taqdirlash qismi Olimpiya qo‘mitasi binosida davom ettirilishi ma'lum qilindi. U yerda sovrindor sportchilarga prezident sovg‘asi sifatida «Tahoe», «Trailblazer» avtomobillari va yangi xonadon kalitlari topshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyatidagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 20:05
-
NBC: Tramp 13 avgust kuni Yevropa yetakchilari va Zelenskiy bilan muloqot qiladi
Jahon | 19:24
-
Roison – bolaligingizdagi brend zamonaviy qiyofada qaytdi
Jamiyat | 19:15
-
Xalq bankida 9,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirib yuborilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat | 18:53
Mavzuga oid

16:26 / 05.06.2025
Tojikistonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

15:46 / 13.05.2025