Xorijdagi vatandoshlar uchun UzbekLife sayti ishga tushdi
Qadrli UzbekLife kuzatuvchilari va xorijdagi vatandoshlar!

Qadrli UzbekLife kuzatuvchilari va xorijdagi vatandoshlar!
Xabaringiz bor, loyihamiz orqali xorijdagi vatandoshlarimiz bilan turkum intervyular, foydali kontentlar va chet eldagi kolumnistlarimizning qiziqarli maqolalarini berib bormoqdamiz.
So‘nggi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga loyiha yuzasidan ko‘plab ijobiy fikrlar bildirilgan xabarlar kelib tushmoqda. Bu albatta jamoamizga katta kuch bag‘ishlaydi.
Va nihoyat, anchadan beri harakat qilib, ko‘p mashaqqat bilan ustida ishlayotgan yangiligimizni sizlar bilan baham ko‘rishdan mamnunmiz!
Biz loyihamiz uchun o‘z saytimizni ishga tushirdik, endilikda bizni uzbek.life havolasi orqali istalgan vaqt, istalgan joydan kuzatib borishingiz mumkin.
Hozir sayt test rejimida ishlamoqda. U bilan bog‘liq takliflaringizni Telegramdagi @uzbeklifebot bot orqali yuborishingizni so‘raymiz.
Shuningdek, bugungi kunda xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoki tahsil olayotgan hamyurtlarimizni o‘z tajribalari, muvaffaqiyat hikoyalari va foydali maqolalari bilan saytimiz mualliflari qatorida bo‘lishga chaqiramiz. Agar sizda shunday istak bo‘lsa hech ham tortinmang, hoziroq bizga murojaat qiling!
Hurmat bilan,
UzbekLife jamoasi
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46 / 22.04.2025