20:55 / 10.08.2021
12518

Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda kuchishlatar tuzilma xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Sarvar Mamayusupov tizimda yangi joriy qilingan Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sarvar Mamayusupov 1978 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, 2007 yilda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan.

Xizmat faoliyatini 2000 yilda Sharqiy harbiy okrug tarkibidagi harbiy qism maxsus vazifalar otryadi komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida boshlagan. 2007—2020 yillarda Mudofaa vazirligida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Top