Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sooronbay Jeenbekov milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan so‘roq qilindi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qumtor” oltin konini o‘zlashtirish loyihasi doirasidagi korrupsiya holatlari bo‘yicha so‘roq qilindi.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, Jeenbekov so‘roqqa guvoh sifatida chaqirtirilgan.
“Jeenbekov bilan tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, jinoiy ishning aybi aniqlanadigan barcha figurantlari xatti-harakatlariga egallagan lavozimlari, davlat oldidagi xizmatlari va mavqelaridan qat'i nazar xolis huquqiy baho beriladi”, deb ma'lum qilingan qo‘mitada.
Avvalroq qo‘mita “Qumtor” ishi bo‘yicha idoralararo tergov guruhi tomonidan loyiha bo‘yicha 2017 yilda tuzilgan kelishuv bilan bog‘liq voqealar tergovining faol bosqichi boshlanganini ma'lum qilgan.
Shu sababli 2016 yildan 2017 yil avgustigacha Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimini egallagan Jeenbekov jinoiy ish uchun muhim hisoblangan voqealar bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilindi.
Avvalroq Jeenbekovning ukasi, Jogorku Kenesh deputati Asilbek Jeenbekov “Qumtor” ishi bo‘yicha hibsga olingani, hozirda u qo‘mita tergov izolyatorida qolayotgani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, ushbu ish bo‘yicha sobiq bosh vazirlar Muhammadkaliy Abilgaziyev va Temir Sariyev hibsga olingan. Yana bir sobiq bosh vazir Omurbek Babanov hech qayoqqa ketmaslik haqidagi tilxat bo‘yicha ozodlikka chiqarilgan.
Mavzuga oid
12:20
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026