Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitobda bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori pora bilan qo‘lga tushdi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori pora olayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 11 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va DXX Kitob tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda tumandagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori M.X. o‘z xizmat xonasida fuqaro U.B.dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1 million 500 ming so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtda ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. M.X. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:09 / 24.05.2026
Qashqadaryoda FVV xodimi daryoga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi
22:06 / 23.05.2026
Qashqadaryoda ko‘p qavatli bino qurilishi uchun yetkazib berilgan sifatsiz g‘ishtlar yo‘q qilindi
10:52 / 26.12.2025
Makriddagi tog‘ portlatilishi bo‘yicha izoh berildi: uy va maktab devorlaridagi yoriqlar qo‘shimcha tekshiriladi
22:28 / 25.12.2025