Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Bog‘da manzarali daraxtlar va gullar ekilib, so‘lim hududlar barpo etilmoqda. Bayram tadbirlari o‘tkazish uchun 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr qurilmoqda.
Davlat rahbariga ushbu amfiteatrda bo‘lajak qulayliklar haqida ma'lumot berildi.


«Istiqlol» majmuasining asosi tiklanib, qurish va pardozlash ishlari davom ettirilmoqda. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk merosi, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari o‘z ifodasini topadi.

Prezident ushbu majmuadan o‘rin oladigan barelef va bezak namunalari bilan tanishdi. Mutasaddi va quruvchilarga o‘z tavsiyalarini berdi.
Mavzuga oid
12:04 / 24.11.2025
Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
18:23 / 31.07.2025
Toshkentdagi plyajda dam oluvchilardan biri cho‘kib ketdi
17:58 / 21.03.2025