20:09 / 13.08.2021
21959

Sportchi va murabbiylarga davlat mukofotlari topshirildi

Prezident farmoni bilan Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi mukofotlandi.

Mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, xalqimiz o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya davrida yuzaga kelgan sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishgani, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e'tiborini oshirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlanadi:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

Djurayev Akbar Xusnidilla o‘g‘li    -    Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich    -    Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Abduraxmonov Bekzod Maxamadjanovich    -    Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li    -    Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

Abduraxmanov Muzaffar Maxamadjonovich    -    Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kabinov Istam Ashurovich    -    Buxoro viloyati Kogon shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi

Qilichev Farruh Komilovich    -    Toshkent viloyati Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boks bo‘limi bosh murabbiysi

Qobulov Nurali O‘ktamovich    -    Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich    -    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi og‘ir atletika bo‘yicha murabbiysi

Rasulov Elshod Yunusovich    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Xan Pavel Afanasevich    -    Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Chusovitina Oksana Aleksandrovna    -    Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Zoirov Shaxobidin Shokirovich    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Qilichev To‘lkin Maxmurovich    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi 

Maxmudov Shaxrillo Sharipovich    -    Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

«Do‘stlik» ordeni bilan

Kamilov Azizjon Yakubjanovich     -    O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi

Nazlimov Vladimir Aliverovich    -    Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Polatov Saken Djyetibayevich    -    O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari

Sayidov Ramziddin Beshimovich    -    Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Tashmatov Sherzod Rixsibayevich    -    O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi

«Jasorat» medali bilan

Dayibekova Zaynab Kazbekovna    -    Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi 

Raximova Tursunoy Farxod qizi    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abduraximov Rasuljon Shuxrat o‘g‘li    -    Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Voronina Yekaterina Aleksandrovna    -    Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Zokirova Nilufar Obidjon qizi    -    Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi    -    Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Qodirova Rayhona Yusuf qizi    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Nabiyeva Muattar Abdullajon qizi    -    Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Rafalovich Nikita Igorevich    -    Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Raxmatova Dilnoza Bakir qizi    -    Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Sadullayeva Safina Erkinovna    -    Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Toxirova Muhtasar Jahongir qizi    -    O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

«Shuhrat» medali bilan

Alimova Dilrabo Axmadjonovna    -    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali «Ijtimoiy-huquqiy va sport dasturlari» muharririyati sport bo‘limi mudiri

Kayumov Aziz Ilxamovich    -    Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori

Mirzadiyarov Rustam Islamovich    -    Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiysi

Muslimov Obiddin     -    Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi manual terapiya bo‘yicha mutaxassisi

Rasulov Komiljon Kuddusovich    -    Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori

Ergashev Adxamjon Abdullajon o‘g‘li    -    Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi

Yulchiyev Sunnatulla Tuychibayevich    -    Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi sport tibbiyoti bo‘limi shifokori 

Yunusov Mas'udjon Alimdjonovich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori

Mavzu
Tokio Olimpiadasi
Pandemiya tufayli qoldirilgan 2020 yilgi Yozgi Olimpiada 2021 yil 23 iyulida Yaponiyaning Tokio shahrida rasman boshlanadi.
Barchasi
Top