23:37 / 15.08.2021
6202

Haitidagi zilzila qurbonlari soni tobora ko‘paymoqda

Haitida 14 avgustda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 724 nafarga yetdi. Avvalroq tabiiy ofat 304 kishining umriga zomin bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Foto: Reuters

Bundan tashqari, jabrlanganlar 1,8 mingga yaqinni tashkil etmoqda.

7,2 magnitudali vayronkor zilzila markazi Haiti poytaxti Port-o-Prens shahridan 125 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Mamlakat bosh vaziri Ariel Anri fojia mamlakatning janubiy hududlariga katta talafot yetkazgani va shu munosabat bilan mamlakatda bir oyga favqulodda holat e'lon qilinishini ma'lum qilgan. U mamlakat zilzila yetkazgan ziyon qiymati aniqlanmaguncha xalqaro yordam so‘ralmasligini ta'kidlab o‘tgan.

Karib dengizida joylashgan ushbu davlatda 2010 yilda ham bir qator kuchli zilzilalar yuz bergan. O‘shandagi tabiiy ofat qurbonlari soni 222 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.

Top