Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda savdoga chiqarilgan radar va kameralar o‘rnatish joylaridan biri qariyb 22,5 million so‘mga sotildi
Avgust oyida Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Konimex, Xatirchi tumanlari va Navoiy shahri hududidan radar va kameralar o‘rnatish huquqi bo‘yicha 15 ta joy sotuvga chiqarildi.
new.e-auksion.uz portalidagi ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, joylarning savdodagi boshlang‘ich bahosi 735 ming so‘mdan 7 million 350 ming so‘mgacha baholangan.
Bugungi kungacha bo‘lib o‘tgan savdolarda 14 ta joy o‘ynalgan. Shundan Karmana va Xatirchi tumanlari hamda Navoiy shahri hududidan savdoga qo‘yilgan 3 ta lot jismoniy shaxslar tomonidan yutib olingan. Eng qimmat joy Navoiy shahri hududida bo‘lib, u 22 million 417,5 ming so‘mga sotilgan. 11 ta joy esa esa talabgor bo‘lmagani sababli auksion o‘tkazilmagan deb topilgan.
Oldinroq iyul oyida ishga tushirilgan onlayn ishlovchi fotoradar va kameralar to‘g‘risida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
09:55 / 17.07.2026
Navoiyda IIB tergovchisi pora olishda qo‘lga tushdi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026