O‘zbekiston Germaniyaga Kobuldagi fuqarolarini evakuatsiya qilishda yordam ko‘rsatadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda mintaqaviy hamkorlikning eng muhim jihatlari muhokama qilindi.
Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishiga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu mamlakatdagi harbiy-siyosiy keskinlikning kuchayishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik holatiga jiddiy salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin ekani ta'kidlandi.
Afg‘on muammosining tinch yo‘l bilan hal etilishiga ko‘maklashish bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlashuvlar olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik ham davom ettirilishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni toliblar Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga kirgach, G‘arb davlatlari o‘z elchixonalari xodimlarini evakuatsiya qilishga kirishdi.
16 avgust kuni Kobul aeroportida uchish-qo‘nish yo‘laklari mahalliy aholi tomonidan band qilingani tufayli qo‘na olmagan Germaniya harbiy transport samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘ngani ma'lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, ayni vaqtda Kobuldagi vaziyat tufayli samolyotlar bu hududda yonilg‘i to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmayapti va qo‘shni mamlakatlar aeroportlariga murojaat qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024