Foto: Germaniya Afg‘onistondagilarni Toshkent orqali evakuatsiya qilish jarayoni
Reyslarda Germaniya diplomatik missiyasining afg‘onistonlik texnik xodimlari va boshqa yevropaliklar ham bor. O‘zbekiston TIVning ma'lum qilishicha, ular Germaniyaga olib ketilishigacha aeroport tranzit hududida bo‘lishadi.

Germaniya qurolli kuchlarining ikkita A400M rusumli harbiy transport samolyoti Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridan Toshkentga 400 nafardan ortiq odamni evakuatsiya qildi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vazirligi tvitterida ma'lum qilingan.
«Toshkent va Kobul o‘rtasidagi havo ko‘prigi, Kobulda xavfsizlik holati bunga imkon berguniga qadar, evakuatsiyaning jadal davom etishini ta'minlaydi», deyiladi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabarida.
Kobuldan evakuatsiya qilinayotganlar uchun O‘zbekiston alohida terminal ajratdi - «Toshkent-3» aeroporti noma'lum muddatga yopilgan.
Germaniya bu odamlarni Toshkentdan yo‘lovchi reyslar orqali olib ketadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili axborotiga ko‘ra, evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida bo‘ladi, ya'ni ular shaharga chiqishmaydi.
Germaniya toliblar Afg‘onistonda hokimiyatga kelishi munosabati bilan xavf ostida qolgan minglab odamlarni evakuatsiya qilishni rejalashtirgan.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

15:03 / 10.04.2025
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda

15:32 / 15.03.2025
Bundesver o‘zining birinchi hududiy mudofaa bo‘linmasini tashkil qildi

13:25 / 18.02.2025
Litva Bundesver bazasini qurish uchun yordam so‘radi

11:21 / 27.12.2024