Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya ham Afg‘onistondagi fuqarolarini O‘zbekiston hududi orqali evakuatsiya qiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Shveytsariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal maslahatchisi (vaziri) Ignatsio Kassis o‘rtasida 2021 yilning 19 avgust kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ma'lum qilinishicha, Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Suhbatda Shveytsariya fuqarolarini O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilish bilan bog‘liq tashkiliy va texnik masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer va Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Germaniya, Afg‘oniston va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolarini Toshkent aeroporti orqali tranzit qilib evakuatsiya qilish ishlarini davom ettirish masalalarini muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
20:20 / 14.06.2026