Qariyb 2 ming kishi Afg‘onistondan O‘zbekiston orqali evakuatsiya qilindi - TIV
O‘zbekiston Afg‘onistondan evakuatsiya ishlarini tashkil etgan qator davlatlarga aeroport va logistika xizmatlarini ko‘rsatdi. O‘zbekistonga qochib o‘tgan 150 nafar afg‘on fuqarosi vataniga qaytarildi.

O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistonda davom etayotgan murakkab vaziyat tufayli xorijiy davlatlarning murojaatlari asosida ularning fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, hozirgi vaqtda Germaniya, Rossiya, AQSh, Shveytsariya, Avstriya, Daniya, Polsha, Vengriya, Slovakiya va Qozog‘iston kabi davlatlarga O‘zbekiston havo kengligi va aeroport infratuzilmasidan foydalanishga ruxsat berilgan hamda ularga zarur texnik va logistik xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, so‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistondan 1982 nafar xorijlik fuqaro evakuatsiya qilingan.
Shuningdek, rasmiylar O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan Afg‘oniston fuqarolari masalasida “Tolibon” bilan muzokaralar olib borgan.
“Tolibon” rahbariyati vakillari bilan ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va ta'qiblarning oldini olish bo‘yicha kelishuvlar natijasida 150 nafar Afg‘oniston fuqarosi o‘z xohishi bilan vataniga qaytarildi.
Afg‘onistonga qaytgan fuqarolardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ularga nisbatan rasmiy protsessual choralar ko‘rilgandan so‘ng, ularning hammasi uylariga qo‘yib yuborilgan va hozirda ular o‘z oilalari bag‘rida to‘liq xavfsiz holda bo‘lib turibdi”, – deyiladi TIV axborotida.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Kobuldan evakuatsiya qilinayotgan diplomatlar va xorij fuqarolari uchun O‘zbekiston “Toshkent-3” aeroporti terminalini ajratgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 19:24
-
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 19:22
-
Infinix'ning Note 50 seriyasi: zamonaviy dizayn, yuqori tezlik va aqlli funksiyalar birlashmasi
O‘zbekiston | 19:00
-
Rossiyadagi migratsiya markazida vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekani rad etildi
Jahon | 18:46
Mavzuga oid

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga beg‘araz yordam tariqasida 26 tonnadan ziyod urug‘ yetkazib berdi

17:30 / 12.05.2025