Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Elektr ta'minotida kichik sexlarga yirik korxonalar bilan bir xil talablar qo‘yilishi adolatdan emas” - Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning elektr ta'minotiga ulanishidagi murakkabliklar barham topishini ma'lum qildi.
“Iste'molchilarning 75 foizi 20 kilovattgacha quvvatli elektr ishlatadigan kichik sexlar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hisoblanadi. Lekin ularga ham xuddi yirik korxonalar bilan bir xil talablar qo‘yilgan. Bu adolatdan emas.
Misol uchun, oddiy savdo do‘konini elektr tarmog‘iga ulash uchun 4 ta bosqichdan o‘tish, 7 million so‘m xarajat va bunga kamida bir oy vaqt talab etiladi.
Energetika vazirligi tomonidan kelgusi yil boshidan ushbu masalada yangi, qulay tizim joriy etiladi. Bunda elektr tarmog‘iga ulanish to‘liq elektron platformaga o‘tkaziladi va barcha jarayonlar bir bosqichga tushiriladi.
Tadbirkorlarni elektr tarmog‘iga ulash muddati 20 kilovattgacha bo‘lgan quvvatlar uchun 10 kun, 50 kilovattli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi.
Agar elektr ta'minoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, qaror bilan emas, qonun bilan ular tadbirkorlarga kompensatsiya to‘laydi”, – dedi prezident 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvdagi nutqida.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026