Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi qator ommaviy axborot vositalari Putinga keskin murojaat bilan chiqdi
Rossiyadagi qator ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Dojd”, “Meduza”, “Novaya gazeta”, Forbes va boshqa qator tahririyatlar Rossiya hukumatiga murojaat bilan chiqdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Murojaat Rossiya prezidenti Vladimir Putin, FXX direktori Aleksandr Bortnikov, bosh prokuror Igor Krasnov, davlat dumasi va federal kengash raislari Vyacheslav Volodin va Valentina Matviyenko hamda boshqalarga yo‘llangan.
Jurnalistlar murojaatlarida konstitutsiya va OAV to‘g‘risidagi qonunga amal qilishga, “mustaqil matbuotga qarshi davlat kampaniyasini zudlik bilan to‘xtatishga”, “xorijiy agentlar” va “istalmagan” tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunlarni bekor qilishga, norozilik namoyishlarida OAV vakillarini qo‘lga olish va do‘pposlashni bas qilishga chaqirgan.
“Jurnalistlar faoliyati qonun bilan qo‘riqlanadi. Jurnalistlarning ta'qib qilinishiga aloqador mansabdor shaxslar jazolanishi lozim”, – deyiladi murojaatda.
Keyinroq murojaatga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml murojaatdagi barcha fikrlarga ham qo‘shilmaydi.
“Murojaatni ko‘rdik. Bu ancha emotsional murojaat. Biz “ta'qib” haqidagi fikrga qo‘shilmaymiz, gap qonunning qo‘llanilishi haqida bormoqda. Ammo murojaat e'tiborga loyiq”, – dedi Peskov.
Uning aytishicha, Rossiyada xorijiy agent-OAV to‘g‘risidagi qonun bo‘lishi kerak, chunki tashqaridan mamlakatning ichki ishlariga aralashuvlar bo‘lmoqda.
“Tashqaridan bizning ichki siyosiy jarayonlarimizga aralashishga urinishlar bo‘lmoqda, ana shu maqsadda NTTlar, jurnalistlar va OAVdan foydalanishmoqda. Bu qonun bo‘lishi kerak va bo‘ladi ham”, – dedi Peskov.
Putin 2020 yil dekabrda jismoniy shaxslarni xorij agenti deb tan olish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, siyosiy faoliyati uchun xorijdan moliyaviy yordam oladigan shaxslar ana shunday maqom oladi.
Mavzuga oid
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
18:06 / 08.06.2026