Toshkentdagi mahalliy aeroport faoliyati tiklanmoqda
19 avgust kuni Afg‘onistondan amalga oshirilgan evakuatsiya reyslariga xizmat ko‘rsatish uchun yopilgan Toshkent-3 aeroporti 31 avgustdan o‘z faoliyatini tiklamoqda.

Foto: Transport vazirligi
Mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi aeroport (Toshkent-3 terminali) 31 avgustdan o‘z faoliyatini tiklaydi. Bu haqda Uzbekistan Airways kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«31 avgustdan boshlab «Toshkent-3» aeroporti o‘z faoliyatini boshlaydi va respublika bo‘ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilardan mahalliy aviaqatnovlar bilan bog‘liq savollarni aviakompaniya aloqa-markazidan, aeroport ma'lumot olish markazidan va Uzbekistan Airways ijtimoiy tarmoqlaridan aniqlashtirishlarini so‘raymiz», — deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.
Terminal 19 avgustdan boshlab Afg‘oniston poytaxti Kobuldan evakuatsiya qilinayotgan chet el fuqarolarini qabul qilish uchun vaqtinchalik yopilgan edi.
Shu vaqt oralig‘ida barcha mahalliy reyslar Toshkent xalqaro aeroporti orqali amalga oshirildi.
Shu kunlarda AQSh va G‘arb davlatlari Kobuldan o‘z fuqarolari va afg‘onlarni evakuatsiya qilishni to‘xtatmoqda. Xususan, 27 avgust kuni Germaniya Kobuldagi afg‘on fuqarolarini Toshkent orqali evakuatsiya qilishni to‘xtatdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi
Jahon | 20:58
-
“Kino va teatr ahmoqlarni tarbiyalaydigan joy emas, aqlli insonlar dam oladigan joy” – Sanjar Shodiyev
O‘zbekiston | 20:30
-
Tanqidga toqatsizlik belgisi yoxud jamoatchilikning ko‘zi qanday moylanmoqda?
O‘zbekiston | 19:53
-
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
Jahon | 19:20