Avgustda tovar va xizmatlar 0,5 foizga qimmatladi
Yil boshidan beri tovar va xizmatlar 5 foizga qimmatlashdi, iyun-iyulda esa deflyatsiya kuzatilgandi.

Foto: KUN.UZ
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, avgust oyida iste'mol sektoridagi inflatsiya 0,5 foizni tashkil qildi. Joriy yil boshidan iste'mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 4,8 foizni tashkil etdi.
Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 11,1 foizga etdi.
Taqqoslash uchun 2020 yilning yanvar-avgustida umumiy INI o‘sish darajasi 4,8 foizni tashkil etgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra avgustda:
- Oziq-ovqat mahsulotlari 0.7 foizga (o‘tgan yilning mos davrida esa 0,3 foizga qimmatlagan);
- nooziq-ovqat mahsulotlar 0,5 foizga (o‘tgan yil 0,8 foiz);
- xizmatlar 0,2 foizga qimmatlagan (o‘tgan yil 0,4 foiz).
Oziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan yilning avgustiga nisbatan 15,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 8 foizga, xizmatlar 7,6 foizga qimmatlagan.
Statqo‘m 2021 yilning iyul oyida deflyatsiya kuzatilganini e'lon qildi. O‘tgan oyda tovarlar va xizmatlar 0,2 foizga arzonlagandi. Narxlar pasayishi mavsumiy xarakterga egaligi ma'lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, iyunda Markaziy bank yillik YaIM prognozini 6,8 foizga oshirgandi. Biroq regulyator inflatsiya bo‘yicha kutilmalarni o‘zgarishsiz qoldirdi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

14:45 / 18.06.2025
Ayrim tovarlarni bojsiz olib kirish normalari o‘zgartirildi

09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda

11:34 / 30.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi

07:52 / 15.04.2025