Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistonning yangi hukumatini e'lon qilishni kechiktirdi
Zabihulla Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bo‘lajak hukumatda afg‘on jamiyatining barcha guruh va qatlamlari bo‘lishini ta'minlashga harakat qilmoqda.
"Tolibon" harakati Afg‘onistonning yangi hukumatini e'lon qilish muddatini kechiktirdi, deb xabar berdi The Times of India.
"Yangi hukumat va vazirlar mahkamasi a'zolari kelasi haftada e'lon qilinadi", - dedi toliblar vakili Zabihulla Mujohid.
O‘z navbatida, "Tolibon" tuzgan qo‘mita a'zosi Xalil Haqqoniy toliblar hukumatni o‘zlari tuzishlari mumkinligi, ammo buni "dunyo qabul qilmasligi"ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar bo‘lajak hukumatda afg‘on jamiyatining barcha guruh va qatlamlari bo‘lishini ta'minlashga harakat qilmoqda.
Shuningdek, u Afg‘onistonning sobiq prezidenti Gulbiddin Hikmatyor va Ashraf G‘anining ukasi Xashmat G‘ani yangi hukumat tarkibidan o‘rin olishini aytdi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026