Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Nexia boshqaruvni yo‘qotib jarlikka quladi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib jarlikka qulagan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, bugun 5 sentabr kuni tonggi M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan o‘tuvchi 1283-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxsga tegishli Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib 15 metr chuqurlikdagi jarlikka qulagan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasiga Nexia mashinasi yuqori tezlikda harakatlangani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim vafot etmagan. Haydovchi tan jarohatlari olgan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026