2017 yilga qadar Özbekistonda bir yilda bir marotaba pilla yetiştirilar va bu jarayonda aholi bor-yöği 35-40 kun davomida band bölar edi. Bunda Özbekistonda iqlim şaroiti takroriy pilla yetiştiriş uçun mos deb hisoblanmagan. Çunki, özgaruvçan ob-havo şaroiti(öta issiq yoki sovuq havo harorati)da yetiştirilgan pillaning ipakçanlik körsatkiçi juda past bölişi, buning natijasida pillani qayta işlaş, ya'ni ipak tolasi işlab çiqariş uçun xarajatlar keskin ortib ketar edi.
“Özbekipaksanoat” uyuşmasi bergan ma'lumotlarga qaraganda bugungi kunda pilla yetiştiruvçi kasanaçilar sohada 7 oy davomida uzluksiz iş bilan bölmoqdalar. Şu kunlarda kasanaçilar joriy yil pilla yetiştirişning uçinçi mavsumiga kirişdilar. Umumiy miqdorda 41 810 quti ipak qurti uruğlari jonlantiriş uçun inkubatoriyalarga qöyilib, şartnoma asosida kasanaçilarga tarqatib berildi.
Ayni paytda Andijon viloyatida 7 ming quti, Samarqand viloyatida 5 190 quti, Buxoro viloyatida 4 200 quti ipak qurti uruğlari parvariş qilinmoqda.
Har bir kasanaçi xonadoniga 1 quti ipak qurti uruği tarqatilgan bölsa, şu xonadonda kamida 2-3 nafar kişi pilla yetiştiriş jarayonlari bilan maşğul böladi. Bu esa uçinçi va törtinçi mavsumlarda pilla yetiştiriş uçun örtaça 200 ming nafarga yaqin kasanaçilar mehnat bilan maşğul bölişini anglatadi.
Sentabr va oktabr oylarida ham ipak qurti parvarişi respublikamiz böylab davom ettiriladi va törtinçi mavsum uçun yana 40 ming qutidan ziyod ipak qurti uruğlari jonlantiriladi.
Mavsumlar yakunida pillaçilik klasterlari tomonidan yetiştirilgan 1 kg pilla hosili uçun 22 400 sömdan 30 ming sömgaça iş haqi tölab berilişi kelişib olingan.
Bugungi kunda mamlakatimizda faqatgina ipak tolasi emas, jahon bozorida xaridorgir bölgan ipak momiği ham işlab çiqariş yölga qöyildi. Ipak momiği işlab çiqarişda pillaning sifat körsatkiçi asosiy rol öynamaydi. Şu sababdan uçinçi va törtinçi mavsumlarda yetiştirilgan pilla xomaşyosining asosiy qismi ipak momiği işlab çiqarişga yönaltiriladi.












