Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar AQShdan muzlatib qo‘yilgan davlat zaxiralari berilishini so‘radi – OAV
Xalilurrahmon Haqqoniy Qo‘shma Shtatlar va BMTni "Tolibon" yetakchilarining ismlarini qora ro‘yxatdan chiqarib tashlashga va harakat bilan munosabatlarni tiklashga chaqirgan.
“Tolibon” harakati AQSh hukumatiga Amerika tomonidan muzlatib qo‘yilgan Afg‘oniston davlat zaxiralarining mamlakat yangi hukumatiga berilishini so‘rab murojaat qildi. Bu haqda qochqinlar ishlari bo‘yicha vazir Xalilurrahmon Haqqoniy ma'lum qildi, deb xabar berdi Shamshad telekanali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblar shuningdek, Vashingtondan “Afg‘onistonni tiklash uchun ajratilgan milliardlab dollarlarga” qo‘yilgan to‘siqni ham olib tashlashni so‘ragan.
Haqqoniy Qo‘shma Shtatlar va BMTni “Tolibon” yetakchilarining ismlarini qora ro‘yxatdan chiqarib tashlashga va harakat bilan munosabatlarni tiklashga chaqirgan.
Sentyabr boshlarida Afg‘oniston markaziy banki ham AQShga ana shunday so‘rov bilan murojaat qilgan, ammo Reuters agentligining ma'lumot berishicha, AQSh mablag‘larni berishni rad etgan.
15 avgust kuni Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston markaziy bankining AQShda saqlanayotgan aktivlarini muzlatib qo‘ygandi. Xalqaro valuta jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oxirida Afg‘oniston markaziy bankining valuta zaxiralari 9,4 mlrd dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
09:45
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
22:34 / 12.06.2026
Tulsi Gabbard AQSh biolaboratoriyalari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi
20:26 / 12.06.2026