09:00 / 10.09.2021
27600
Reklama

Toshkent shahrida istiqboli porloq bo‘lishi kutilayotgan STARS xalqaro universiteti ochildi

Toshkent shahridagi STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY’da ta’lim olish narxi abituriyentning bilim darajasiga bog‘liq. 2021−2022 o‘quv yili uchun qabul 23 avgustdan 20 sentabrgacha davom etadi.

2021 yilning 20 avgust kuni Toshkent shahrida yangi xalqaro STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY ochildi. Uning tarkibiga xorijiy universitetlar, akademiyalar va assotsiatsiyalar tarmog‘i kirib, ushbu dargohda O‘zbekistonda ikki diplom dasturi bo‘yicha jahon darajasida oliy ta’limga ega bo‘lish mumkin.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY — bu oliy ta’lim olishga yangicha yondashuv. Bu yerda barcha boshqaruv tizimlari, ma’lumot uzatish va xizmat ko‘rsatish tartibi faqat talabalar qulayligini inobatga olib yaratiladi.

«Odatda Oliy ta’lim muassasalari kimlarningdir yoki nimaningdir nomi bilan ataladi. Masalan, Garvard, Oksford yoki Kembrij universitetlari shahar nomi bilan bog‘liq. Universitetning bir qismi ilg‘or olimlar va jamoat arboblari nomlari bilan bog‘langan. Ammo universitet kim va nima uchun faoliyat yuritadi? Kim tufayli ishlaydi? Aynan shuning uchun biz universitetimizni talabalarimiz sharafiga STARS deb nomladik, ular yaqin kelajakda haqiqiy yulduzlarga aylanadi», — deydi universitet asoschisi Bahrom Gurbanov.

XALQARO TA’LIM DASTURLARI

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY ta’lim muassasasining asosiy farqli tomoni — bu O‘zbekiston hududidan chiqmay turib, dunyoning mashhur xalqaro universitetlarida tahsil olish imkoniyatidir. Bu yerda har bir fakultet hamkorlik dasturi bo‘yicha faqat bitta OTMdan emas, balki turli davlatlar va universitetlardan taklif etiladi.

Masalan, birinchi ochilayotgan fakultet — « 5230900 - Buxgalteriya hisobi va audit». Ushbu yo‘nalishni tanlagan talabalar bitta yoki ikkita emas, balki naq uchta Britaniya diplomi hamda STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY nodavlat oliy ta’lim muassasasini tugatganlik haqidagi qo‘shimcha diplomga ega bo‘ladi. Birinchi Britaniya diplomi (International Foundation Diploma for Higher Education Studies) talabaga birinchi bosqichni tamomlagan zahoti NCC Education taqdirlovchi organi tomonidan beriladi. Ikkinchi diplomni Butunjahon sertifikatiga ega Buxgalterlar assotsiatsiyasi (ACCA)dan oladi. Uchinchisi yetakchi Britaniya oliygohlaridan biri Oxford Brookes University tomonidan topshiriladi.

«5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit» yo‘nalishi universitetda 2 tilda, ya’ni ingliz va o‘zbek tillarida taqdim etilgan. Xalqaro miqyosda tan olingan ACCA assotsiatsiyasining (Sertifikatga ega Buxgalterlar Assotsiatsiyasi www.accaglobal.com) 14 ta fanidan 9 tasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish eksklyuziv huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janoblarining oqilona siyosati tufayli STARS universiteti xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatga erishdi. ACCA malakasining 14 ta fanidan 9 tasi «5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit» o‘quv yo‘nalishiga integratsiyalashgan, bu faqat STARS talabalariga ingliz tilini bilmay turib ham davlat tilida tahsil olish, keyinchalik ACCA tomonidan e’tirof etilib, STARS bakalavr diplomi bilan bir qatorda tegishli sertifikatlar va diplomlarga ega bo‘lishdek noyob imkoniyatni beradi.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY ta’lim dasturi xalqaro tizimga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston ta’lim standartlari bilan moslashtirilgan va muvaffaqiyatli integratsiyalashgan. Qolaversa, mahalliy oliy ta’lim talablariga mos keluvchi majburiy fanlar ham inobatga olingan.

TALABALIK HAYoTI

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY dargohida ko‘p madaniyatli muhit hukmron. Bu yerda 50% kvotalar Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa davlatlarining xalqaro talabalariga ajratilgan, bu orqali «Study in Uzbekistan» bayrog‘i xalqaro maydonda balandroq ko‘tariladi. Universitet xalqaro talabalar rekrutingi bo‘yicha yirik xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik kelishuvlarini imzoladi va har bir davlatga kvotalar ajratdi.

«Bizning xalqaro oliygohda turfa xalqlar, millatlar, din, dunyoqarash va turmush tarziga ega insonlar yig‘iladi. Ularning bari bir muassasa ichida noyob ekomadaniyatni yaratadi. Ushbu madaniyat tufayli har bir talaba o‘zini Yer sayyorasining yakdil fuqarosi sifatida his etadi», — deya ta’kidladi STARS asoschisi.

Akademik yuklamadan tashqari, universitetda dam olish uchun barcha zarur va qulay sharoitlar yaratilgan: bilyard stoliga ega launj, stol tennisi, mutolaa uchun shinam kutubxona, to‘g‘ri ovqatlanish uchun mazali taomlar tayyorlanadigan kafe, jismoniy mashg‘ulotlar uchun vorkout hududi. Shuningdek jismoniy tarbiyaga ajratilgan akademik soatlardan talabalar o‘z xohishiga qarab foydalanishi mumkin. Bu yerda suzish, futbol, katta tennis, kurash, boks, fitnes va boshqa ko‘plab sport turlarini tanlash va faqat tanlangan sport turi bo‘yicha shug‘ullanish imkoniyati mavjud.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY jamoasi uchun nafaqat ta’lim jarayonidagi sifatli natija, balki har bir talabaning sog‘lig‘i ham muhim. O‘zbekistonning yetakchi klinikalaridan biri bilan imzolangan sheriklik kelishuviga asosan, barcha talabalar va akademik tarkib xodimlari yiliga bir marta universitet hisobidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY universitetiga kirgan mahalliy va xorijiy talabalar uchun turarjoy muammosi hal qilinadi.

Universitet boshqa shahardan kelgan, xorijiy talabalar va o‘qituvchilarni o‘zining STARS Apartmens & Villas rezidensiyasiga joylashtiradi. Mahalliy talabalar uchun bir oylik yashash narxi 100 AQSh dollarini tashkil etadi.

ShARTNOMA PULI

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY muassasasining boshqa mahalliy yoki xorijiy universitetlardan asosiy farqi shartnoma puliga nisbatan nostandart yondashuvdir.

Universitetning o‘zbek sektorida ta’lim oladigan talabalar uchun shartnoma puli yiliga 22 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha o‘zgarib turadi, bu matematika, mantiq bo‘yicha ichki imtihonlar natijasi, shuningdek, o‘zbek tilida yozilgan motivatsion xatga bog‘liq.

Universitetning ingliz sektorida ta’lim oladigan talabalar uchun shartnoma puli ingliz tilini bilish darajasi yoki mazkur darajaga mos keluvchi xalqaro sertifikatlardan birining borligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.

Ta’lim uchun to‘lov summasi quyidagi xalqaro sertifikatlardan biriga ega bo‘lish bilan bog‘liq:

  • CEFR B2 / TOEFL 60−78 / IELTS 6.0 — 27 mln so‘m;
  • CEFR B2-C1 / TOEFL 79−101 / IELTS 6.5−7.0 — 25 mln so‘m;
  • CEFR C1 / TOEFL 102−109 / IELTS 7.5 — 24 mln so‘m;
  • CEFR C1-C2 / TOEFL 110−120 / IELTS 8.0 va undan yuqori — 22 mln so‘m.

Ta’lim to‘lovi ichiga barcha zaruriy o‘quv qo‘llanmalari ham kiradi. Aksariyat o‘quv materiallari Buyuk Britaniyadan xarid qilinadi.

Talabalar qulayligi uchun STARS Cafeteria’da quyidagi narxlarda sog‘lom va mazali taomlar taklif etiladi:

  • Oyiga 1 mln so‘m — bir marta ovqatlanish;
  • Oyiga 1,5 mln so‘m — ikki marta ovqatlanish;
  •  Oyiga 2 mln so‘m — uch marta ovqatlanish.

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY’ga qanday kirish mumkin

  • Buning uchun universitet saytida ariza qoldiring. Arizani 20 sentabrga qadar topshirish mumkin.
  • Topshirilgan hujjatlar, qabul komissiyasidagi suhbat, yozilgan insho va kasbiy test savollari natijasiga qarab talabalikka qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. O‘rta ta’lim haqidagi shahodatnomaning asli.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Foto 3×4.
  4. Motivatsion xat.
  5. Faqat ingliz sektori uchun - ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat. Sertifikat bo‘lmasa, nomzod ingliz tili bo‘yicha bilimini aniqlash uchun ichki tashxis test sinovidan o‘tadi.

«Universitetimiz haqiqatan ham sifatli ta’lim olishni istovchi nomzodlar uchundir. Shunchaki diplom kerak bo‘lsa, eshigimizni qoqib yurmang», — deya so‘zini yakunladi STARS asoschisi Bahrom Gurbanov.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998 90 3383380

+998 95 0130999

Hujjatni topshirish uchun: http://stars.university/uz/admission

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik xiyoboni Qutb ko‘chasi 2.

Sayt: https://stars.university

Facebook: fb.com/starsinternationaluniversity

Instagram: @stars.university.uz

TikTok: tiktok.com/@stars_university

Telegram: t.me/starsuniversity

YouTube: MySTARS

 Reklama huquqi asosida

Top