Sport | 10:41 / 12.09.2021
13256
1 daqiqa o‘qiladi

MDH o‘yinlari. O‘zbekiston 91ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi

Rossiyaning Qozon shahrida birinchi MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 

Bellashuvlarning so‘nggi kunida O‘zbekiston dzyudochilari jamoaviy bahslarda oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 23ta oltin, 32ta kumush, 36ta bronza — jami 91ta medal qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida 9 mamlakat ichida 2-o‘rinni egalladi. 

1-o‘rin mezbon Rossiyaga nasib etgan bo‘lsa, Qozog‘iston kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid