“Delta-shtamm”ga qarshi eng samarali vaksina ma'lum qilindi
Amerikalik olimlar Moderna, Pfizer va Johnson&Johnson kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinalarining samaradorligini taqqoslashdi.

Foto: EPA
AQShning kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazlari (CDC)ning VISION tarmog‘i tadqiqotchilari 2021 yilning yoz oylari AQShning virus “delta-shtamm”i eng keng tarqalgan 9 ta shtatidagi 32 mingdan ko‘proq tibbiy murojaatni tahlil qilib chiqishgan. Olingan natijalarga ko‘ra, Moderna vaksinasi qolgan ikkita vaksinaga nisbatan “delta-shtamm”ga qarshi eng samarali ekani aniqlangan. Shu bilan birga, barcha uchta vaksina kasallikning og‘ir kechishi oldini olishda samarali ekani ma'lum bo‘lgan.
Tadqiqotchilar koronavirusga qarshi emlanmagan odamlar emlanganlarga nisbatan 5-7 marta ko‘proq shoshilinch yordam va shifoxonaga yotqizishga muhtoj ekanliklarini aniqlashgan.
Ular vaksinalarning 18 yoshdan kattalarga ta'sirini o‘rganib chiqishgan.
Aniqlanishicha, Moderna vaksinasi kasallanganlarni shifoxonaga yotqizish holatlarining oldini olishda 95 foizga, Pfizer vaksinasi 80 foizga, Johnson & Johnson vaksinasi esa 60 foizga samarali ekan.
Shuningdek, Moderna vaksinasi shoshilinch tibbiy yordam holatlarining oldini olishda 92 foiz, Pfizer vaksinasi 77 foiz va Johnson & Johnson vaksinasi 65 foiz samarador ekani aniqlangan.
Tadqiqot vaksinalar ta'siri kuchi 75 yoshdan kattalar uchun pasayishini ko‘rsatgan.
“Vaksinalarning samaradorligidagi tavofutlarga qaramasdan, ular emlanganlarda emlanmaganlarga qaraganda ko‘proq himoyani ta'minlaydi. Emlangandan keyin ham kasallikka chalinish holatlari uchrasa-da, ma'lumotlar bunda kasallik alomatlari kamroq darajada jiddiy bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Koronavirus oqibatida shifoxonaga tushish va o‘lim holatlaridan aksariyati hamon emlanmaganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Koronavirusga qarshi vaksinalar pandemiyaga qarshi kurashda kuchli vositalar hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan tadqiqot muallifi Shon Grannis.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
Mavzuga oid

00:36 / 14.01.2025
Moderna aksiyalari narxi 21 foizga tushib ketdi

11:34 / 06.12.2022
Pfizer va BioNTech kompaniyalari Moderna'ga qarshi patent da’vosi bilan sudga murojaat qildi

10:23 / 27.08.2022
Moderna va Pfizer o‘zaro sudlashadi

11:25 / 10.01.2022