Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi turmadan yuzlab mahbuslar qochib ketdi
Nigeriyadagi turmaga uyushtirilgan qurolli hujumdan keyin u yerdan 240 mahbus qochib ketdi. Bu haqda mamlakatning axloq tuzatish muassasalari xizmati vakiliga tayanib Channels Television telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, noma'lum qurollangan shaxslar 12 sentabr yarimtunda turmaga hujum qilib, soqchilar bilan otishmaga kirishgan. Hujum vaqtida turmada 294 mahbus saqlangan va ulardan 240 nafari qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Ayni vaqtda qochoqlarni tutish bo‘yicha amaliyot olib borilmoqda va voqea sabablari tergov qilinmoqda.
Telekanalning ta'kidlashicha, turma 2008 yilda ochilgan va 200 kishiga mo‘ljallangan bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025