Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Polshadan AstraZeneca vaksinasi partiyasi keltirildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonga Polshadan AstraZeneca vaksinasi partiyasi olib kelingani haqida xabar berdi.
«Yurtimizga AstraZeneca vaksinasining yana bir partiyasi Polshadan olib kelindi», deyiladi SSV xabarida.
Ma'lum qilinishicha, Toshkent aeroportiga 252 ming doza AstraZeneca vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ngan.
Bunga qadar ushbu vaksinadan O‘zbekistonga:
- 17 martda 660 000 doza;
- 16 iyunda 50 000 doza;
- 14 avgustda 276 480 doza;
- 11 sentyabrda 356 000 doza keltirilgandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina 24 254 540 dozani tashkil qilmoqda.
Shundan:
- 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
- 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 460 000 dozasi Sputnik V,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.
Mavzuga oid
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
21:15 / 24.08.2024
Yevrokomissiya respirator viruslar tarqalishiga qarshi vaksinani ma’qulladi
09:30 / 16.08.2024
AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
20:41 / 08.05.2024