Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar 6 yildan keyin mamontlarni olishni rejalashtirmoqda

Biologiya va genetika sohasida tashkil etilgan yangi kompaniya Colossal yo‘q bo‘lib ketgan ba'zi jonzotlarni jonlantirish bo‘yicha rejalarini taqdim qildi va ularni amalga oshirishni mamontlarni jonlantirishdan boshlamoqchi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.
Mamontlarni tiklash g‘oyasi 10 yildan ko‘proq vaqtdan beri muhokama qilinadi. 13 sentyabrda kompaniya o‘zining orzusini ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak olganini e'lon qilgan. Kompaniya o‘z loyihasiga 15 mln dollar yig‘a olgan.
Kompaniya olimlarining ta'kidlashicha, mamontlarni qayta tiklash Arktikani qutqarish, izdan chiqqan ekotizimlarni tiklash va iqlim o‘zgarishini sekinlashtirishga yordam beradi. Olimlar 6 yildan keyin tabiatda birinchi mamontning paydo bo‘lishini kutishmoqda.
Colossal tadbirkor Ben Lemm va taniqli genetik olim hamda molekulyar muhandis, Garvard tibbiyot maktabi professori Jorj Cherch tomonidan tashkil etilgan. Bungacha Cherch jamoasi mamont genlarini Osiyo fili terisi hujayralari DNKsi bilan birlashtirish bo‘yicha tajribalar bilan shug‘ullangan va Osiyo fili mamontga o‘xshashligi sababli bunda ba'zi muvaffaqiyatlarga erishgan. Kompaniyada ushbu tadqiqotlarni davom ettirib, laboratoriya sharoitlarida fil va mamont gibridini olish rejalashtirilmoqda.
Loyiha Osiyo fillarini ularga Arktikaning katta hududlarida yashashga imkon beruvchi xususiyatlar bilan ta'minlab, saqlab qolishga qaratilgan.
Cherchning ta'kidlashicha, Osiyo fili yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turibdi. “Bu turga ikki narsa xavf solmoqda. Birinchisi - bu gerpes virusi, ikkinchisi esa odamlarga yaqinligi. Shu sababli biz bu ikki holatni tuzatib, ushbu turga yangi yashash joyini berishga qaror qildik. U yerda katta yerlar bor va deyarli odamzot yo‘q. Bular Kanadaning shimoliy tumanlari, Alyaska va Sibir”, deb aytgan professor. Irsiy modifikatsiya qilingan Osiyo fili gerpes virusiga qarshi kurasha olish va past haroratlarni ko‘tara olish xususiyatlari bilan ta'minlanadi. Olimlar laboratoriyada olishni mo‘ljallayotgan fil mamont kabi ko‘rinishga ega bo‘ladi va o‘zini u kabi tutadi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Avto | 09:21
-
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi
Jahon | 09:09
-
Kouzon corporations O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini tashkil etadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Microsoft server dasturiy ta’minotiga hakerlar hujumi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:40