O‘zbekiston | 19:25 / 17.09.2021
8098
2 daqiqa o‘qiladi

“Aqlli” hisoblagichlar 10 yilda bir marta bepul ko‘rikdan o‘tkaziladi

“Aqlli” elektrenergiyasi hisoblagichlar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining mulki hisoblanadi va iste'molchilarga mutlaqo bepul o‘rnatib beriladi. Bu haqda AJ boshqaruv kengashi raisi birinchi o‘rinbosari ma'lum qildi.

Jahongir Obidjonovning qayd etishicha, elektr hisoblagichlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati ham qayta ko‘rib chiqilgan va 10 yil qilib belgilangan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

“Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston bo‘yicha barcha elektr energiyasi foydalanuvchilariga 7,4 mln.ta “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilgan. Hozirda ularni Billing tizimiga ulash masalasi hal etilmoqda. Shu kungacha 94 foiz hisoblagichlar tizimga ulandi. Qolgan 6 foizi, ya'ni 400 mingga yaqin hisoblagichni Billing tizimiga ulash ishlari olib borilyapti.

“Aqlli” hisoblagichlar “Hududiy elektr tarmoqlari”ning mulki hisoblanadi va “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan iste'molchilarga bepul o‘rnatib beriladi.

Shu bilan birga, oldingi yillarda hisoblagichlar har 3 yilda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, iste'molchi buning uchun ma'lum bir to‘lovni amalga oshirar edi. Endilikda, “aqlli” hisoblagichlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish har 10 yilda bepul amalga oshiriladigan bo‘ldi”, - dedi Jahongir Obidjonov.

Mavzuga oid