Jahon | 22:12 / 20.09.2021
6930
1 daqiqa o‘qiladi

Pfizer vaksinasi bolalar uchun xavfsiz deb topildi

Sinovlarda ishtirok etgan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uch hafta oraliqda 10 mikrogrammdan ikki doza vaksina bilan emlangan. 

Foto: Reuters

BioNTech va Pfizer kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasi 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun xavfsiz deb topildi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, vaksinaning bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlari ana shunday natijani ko‘rsatgan.

Sinovlarda ishtirok etgan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uch hafta oraliqda 10 mikrogrammdan ikki doza vaksina bilan emlangan. 

Ularda 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilardagi kabi nojo‘ya ta'sirlar kuzatilgan. 

Yevropa dori vositalari agentligi 2020 yilda BioNTech va Pfizer ishlab chiqargan Comirnaty vaksinasini ma'qullagandi.

Mavzuga oid