Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq tushumlari 30 foizga ko‘paydi, buning 6 sababi keltirildi
Soliqlar tushumi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi soliq tushumlari oshishining bir qator sabablarini keltirdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillari joriy yilning 1 yanvaridan 31 avgustigacha bo‘lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30,8 foizga oshganini ko‘rsatdi.
Quyidagi hududlarda soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi:
- Qashqadaryo (41,2 foiz);
- Xorazm (39,2 foiz);
- Navoiy (38,9 foiz);
- Samarqand (36,2 foiz);
- Toshkent (35,7 foiz) viloyatlari;
- Toshkent shahri (39,1 foiz).
Soliq tushumlari o‘sishining omillari sifatida quyidagilar keltirilgan:
- O‘tgan besh yil mobaynida 114ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 33ta faoliyat turi bo‘yicha xabarnoma tartibi joriy etildi;
- Ruxsatnomalar olish tartib-taomillari soddalashtirildi va ularni berish muddatlari o‘rtacha 2 barobar qisqartirildi;
- Keraksiz cheklar bekor qilindi;
- Naqd pul, valuta va xomashyo aylanmasi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilindi;
- Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida yangi tadbirkorlik sub'yektlari soni jadal ko‘payib, mavjudlari o‘z faoliyatini yanada kengaytirdi. O‘tgan besh yil mobaynida tadbirkorlar soni deyarli uch barobarga oshdi va faol tadbirkorlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80 foiz ko‘pdir;
- Ko‘plab ishbilarmonlar o‘z biznesini umummilliy ravishda kengaytirib, minglab ish o‘rinlarini yaratdi va yirik muvaffaqiyatli kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.
Avvalroq, YaTTlar uchun ijtimoiy soliq 2 barobarga pasaytirilgani hamda joriy yilda tadbirkorlik sub'yektlariga 9 trilliondan ziyod QQS qaytarilgani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Transafg‘on temiryo‘li – amalga oshirish imkonli ishmi?
Iqtisodiyot | 12:11 / 18.08.2025
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Baxmal mavsumida Antaliya: maxsus narxlar 25 avgustgacha
Jamiyat | 19:00 / 20.08.2025
-
Ichida sichqonlar va pashshalar bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
Fan-texnika | 02:01
-
Isroil armiyasi G‘azoni bosib olish operatsiyasini boshladi
Jahon | 01:06
-
Afg‘onistonda avtobus YTHga uchrashi oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:37