21:48 / 26.09.2021
23731

Ramzon Qodirov saylovlarda ovoz yig‘ish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatdi

Foto: RIA Novosti

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov Rossiyada 17-19 sentyabrda o‘tgan umumiy saylovlar natijalariga ko‘ra saylovchilarning 99,7 foiz ovozini to‘plab, o‘ziga xos jahon rekordi o‘rnatdi. Bu haqda rekordlarni qayd qilish xalqaro agentligi “Interrekord” ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Qodirov Checheniston rahbari saylovlarida foiz ulushida dunyo siyosatchilari orasida eng ko‘p ovoz to‘plagan. Saylovlarda davomat 94,42 foizni tashkil qilgan. Qodirov nomzodini respublikaning 711 973 fuqarosi qo‘llab-quvvatlagan. Qolgan nomzodlar – Xalid Nakayev va Isa Xajimuradovga mos ravishda 0,12 va 0,15 foiz ovoz berilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin saylovlar natijalariga izoh berib, raqamlar mubolag‘adek tuyulishi mumkinligini, biroq respublikada qilingan ishlarga nazar solinsa, saylovchilarning Qodirovni bunday qo‘llab-quvvatlashi tushunarli bo‘lishini aytgan.

44 yoshli Ramzon Qodirov Rossiya regionlari rahbarlari orasida o‘z lavozimini eng uzoq vaqt egallab kelayotgan siyosatchi hisoblanadi. U o‘z lavozimini 2007 yilda 30 yoshida egallagan va shundan beri respublikaga rahbarlik qilib keladi.

Top